NASIROV AZIMIDIN
BADIIYLIK VA HAYOTIY HAQIQAT
(Yulduzli tunlar va Ona lochin vidosi
romanlari misolida)
İstanbul, 2019
Nasirov Aizmidin Normamatovich. Badiiylik va hayotiy haqiqat
(Yulduzli tunlar va Ona lochin vidosi romanlari misolida).
Monografiya. - 134 bet.
Monografiyada ozbek adabiyotining istedodli adiblaridan biri Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar, Ona lochin vidosi romanlaridagi tarixiy haqiqatning badiiy talqinga aylanish jarayoni, tarixiy shaxs siymosining yaratilishi, tarixiy romanda badiiy zamon va makon (xronotop) tasviri kabi muammolar tahlil etilgan. Ijtimoiy muhitning badiiy xarakterga tasiri, ijodkor tomonidan badiiyat mezonlari asosida obraz yaratish mahorati haqida mulohazalar qayd etilgan. Romanda tarixiy shaxs siymosi, yani Bobur va Shayboniyxon obrazlarining «Yulduzli tunlar» romanidagi talqini xususida soz yuritilgan. Romanning poetik xususiyatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, temuriy malikalardan biri bolgan Gavarshod begim obrazining badiiy adabiyotdagi talqini bir qator asarlar misolida qiyosiy tahlil etiladi. Mustaqillik yillarida yaratilga Ona lochin vidosi romanida tarix haqiqatiga monand tarzda Gavharshod begim obrazi yaratilganligiga alohida etibor qaratilgan. Monografiya oliy oquv yurtilarining 5220100 - filologiya va tillarni oqitish (ozbek tili) yonalishidagi bakalavr va 5A120101 - Adabiyotshunoslik (tillar va tadqiqot yonalishlari boyicha) yonalishida tahsil olayotgan talabalarga moljallangan. Shuningdek Turkiyening Firat universiteti Turk tili va adabiyoti, Qardosh turk lahjalari fakultetlarining talabalariga Ozbek adabiyoti fanidan maruza va amaliy mashgulotlarni otishda unumli foydalanilgan.
Masul muharrir: Hotam UMUROV Ozbekiston, filologiya fanlari doktori, professor,
Taqrizchilar: Ahmet BURAN Turkiye, Firat universiteti professori, filologiya fanlari doktori,
SOZ BOSHI
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz bir-biriga hamohang bolgan xalqning yillar davomida ma'lum bir ijtimoiy-siyosiy voqelik tufayli uzoqlash holati kozga tashlandi. Ammo Ozbekistonning Istiqlolga erishishi, ozining buk davlatchilik tarixini bir asrdan ortiqroq davr otgandan song qayta tiklashi Turkeyi Jumhuriyatini, uning xalqini cheksiz quvonchiga asos bolgan edi. Shunday bolsa-da, keying uch yil davomida, barcha sohalarda bolgani kabi Ozbekistondagi ta'lim sohasidagi islohatlar ozbek davlatining, qolaversa, xalqining tqraqqiyot tamoyillarini rivojlangan davlatlar qatoridan orin olish imkonini juda ham kengaytirdi. Ta'lim jarayonidagi islohatlarning mahsuli sifatida etuk mutaxasislar almashish, yillar davomida orttirilgan tajribalarni almashish va bugungi zamonaviy ta'lim jarayonidagi ozgarishlarni organish esa har ikki xalqning yanada taraqqiyotidan dalolatdir. Turkiy xalqlar madaniyati tarixida Ysuf Xos Hojibning Qutadgu bilig, Mahmud Qoshgariyning Devonu lugatit turk, Ahmad Yuknakiyning Hibbatul haqoyiq asarlarining ikki xalq tomonidan organilishi yoki temuriylar sivilisatsiysining etuk vakillari hisoblangan Mirzo Ulugbek, Gavharshod begim, Husayn Bayqaro, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi oz davrining buyuk siymolarining tarixini, murakkab hayotini tarixiy voqealar zamirida organishi ham bejiz emas. Ular yratgan, bizgacha etib kelgan ma'naviy merosdan oziqlandi va oziqlanmoqda. Shu nuqtaiy nazardan, Samarqand davlat universitetining professori, filologiy fanlari doktori Azimidin Nasirov tomonidan yaratilgan bu monografiyada dunyo xalqlaqri tarixida juda ulkan ma'naviy meros qoldirgan, buyuk iste'dod sohiblari Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Muhammad Boburning XX asrda yaratilgan ozek romanlaridagi badiiy obrazini bir qator tarixiy manbalar asosida qiyosiy organishi bizda juda katta ta'surot qoldirdi. Mirzo Ulugbekning bolidaiy muhtaramasi Gavharshod begimning nurli siymosini, turli janrlardagi asarlarda talqin etilishiga judda kata e'tibor 12 / NASIROV AZIMIDIN
beradi va ma'lum ma'noda uning haqiqqiy obrazi Primqul Qodirovning Ona lochin vodosi romanida yaratilganligiga oz e'tiborini qaratadi. Asar sujetidan orin olgan Ona lochin hikoyatidagi Ona Burgutning fojialariga qiyosiy tahlil qilingan orinlari kitoxon qalbini larzaga solidi. Ana shunday murakkab sharoitda ham insoniy fazilatlarini saqlab qolishi Gavharshod begimning etuk va oqila temuriy malika ekanligi asoslangan. Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar romanida esa iste'dodli ijodkor, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy obrazi talqiniga diqqatini qaratadi. Buyuk bir siymoning qalbida, jismida shohlik va shoirlik mujassam bolib, nafaqat, turkiy xalqlaqr tarixida balki, jahon sivilizatsiyasida ham oziga xos orni mavdudligini alohida ta'kidlaydi. Muallif faqat badiiy asardagi obraz talqini bilan cheklanib qolmasdan, balki Zahiriddin Muhammad Boburning me'muar (esdaliklar) asari bilan bir qatorda, hid xalqining faxri bolgan Javohirlal Nuruning Hidiston tarixi, ingiliz tarixchisi Uilyam Eriskinning Bobur Hidistonda kabi nodir asarlardagi haqqoniy qarashlar, fikrlarga ham ijodiy yondoshadi va munosabat bildiradi. Ayniqsa, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Hafiz Tanish Buxoriyning Sharafnomaiy Shohiy kabi tarixiy manbalardagi tarixiy faktlarga ijodkor, romannavis Pirimqul Qodirovning qay tarzda ijodiy yondoshganligini, adabiy-tanqidiy qarashlarga asoslangan holda tahlil qiladi. Romandagi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur istiroblarini, dramatik holatlarini, tarix sahnasidagi golibu maglubliklarini shoir she'riyati misolida ham qiyosiy organadiki, bu esa Bobur shohdagi buyuk insoniy fazilatning yuksak darajada bolganligini isbotlaydi. Xullas, monografiyadan orin olgan tahlillar orqali buyuk insoniy fazilat egasi bolgan shaxslar faoliyatini organishda, bu haqida hayotiy xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Pirimqul Qodirovning badiiy obraz yaratishdagi mahorati korsatilgan. Bunday tushunchalar va tahlillar bugungi kitobxonni tarixga, buyuk siymolarga bolgan muhabbatini yuksalishiga asos boladi.
Ahmet BURAN, Ercan ALKAYA Turkiye, Firat universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari
Basım Yılı | 2019 |
Baskı Sayısı | 1 |
Cilt Tipi | Ciltsiz |
Kağıt Tipi | 2. Hamur |
Sayfa Sayısı | 140 |
Yazar | Nasirov Azimidin |